Патриоты
, 1 hour 37 minutes
Film qahramoni bo`lmish Narimon oliy ligadagi futbol jamoasining darvozaboni bo`lishni orzu qilar edi. Ammo, taqdir taqazosi bilan institutni tugatgach u yo`llanma bilan jismoniy tarbiya o`qituvchisi etib kollеjga yuboriladi. Avvaliga Narimon istamay darslarga kirishadi. Kollеjda u Nigina ismli "Kamolot" yoshlar harakatining yеtakchisi bilan tanishadi va o`quvchilarni "Shunqorlar" harbiy musobaqasiga tayyorlay boshlaydi. Narimonning sayi-harakatlari tufayli kollеjning eng qoloq guruh o`quvchilari ilg`orlar safiga qo`shila boshlashadi. Film birinchi muhabbat, do`stlik, xiyonat haqida hikoya qilib, yoshlarimizni yurtimizning chin vatanparvari bo`lishga chorlaydi.